KASTING: “MAFTUNINGMAN-2”

s

Ishchi nomi “Maftuningman-2” kinofilmi uchun telekanallar va internet saytlarida e’lon qilingan kasting qisqa fursatda ko‘pchilikni qiziqtirib qo’ydi.
Shu kunga qadar mazkur kartinada ishtirok etishni istovchilar soni 2000 nafardan oshdi. Kastingning birinchi bosqichi 7-iyun kuni Toshkent shahrida boshlandi. Unga ko‘ra, ishtirokchilarning
xonandalik hamda aktyorlik borasidagi qobiliyatlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova kabi mahoratli ijodkorlar tomonidan birma-bir sinovdan o‘tkazilmoqda. Keng ommaga mo‘ljallangan kasting joriy yilning 10-avgustiga qadar butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.uzbekistan-online.uz