“MAFTUNINGMAN-2” FILMIGA ILK BOSQICHDA 313 NAFAR TALABGORLAR KASTINGDAN O`TISHDI

 

afsa

 “Maftuningman-2” hafta davom etgan dastlabki bosqichda 313 nafar talabgorlar kastingdan o`tishdi

“Maftuningman-2” filmi uchun kasting o`tkazilayotgani haqida xabar bergandik. Mazkur kasting hamyurtlarimiz orasida katta qiziqishga sabab bo`ldi. Kastingning birinchi bosqichi 7-15 iyun kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tdi. Unda asosan O`zbekiston Davlat konservatoriyasi, Davlat san`at va madaniyat instituti hamda boshqa san`at o`quv muassasalari talaba-o`quvchilari, shuningdek, havaskor fuqarolar faol ishtirok etishdi. Kastingda tajribali ekspert sifatida “Maftuningman” filmi qahramoni, O`zbekiston xalq artisti, professor Turg`un Azizov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Klara Jalilova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ra`no Yarasheva, Lola Eltoeva, “Bulbulcha” bolalar ansambli badiiy rahbari Shermat Yormatovlar ishtirok etishdi.

Bir hafta davom etgan dastlabki bosqichda 313 nafar talabgorlar kastingdan o`tishdi. “Dono Productions” tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, kasting 2016 yil 10 iyuldan 1 avgustgacha Qoraqalpog`iston respublikasi va viloyatlarda, 1-10 avgust kunlari Toshkent shahrida o`tkaziladi. Hozircha original loyiha sifatida ish boshlagan “Maftuningman-2” kinofilmini tasvirga olish ishlari avgust oyidan boshlanadi.

 

Manba: Darakchi.uz