“Maftuningman – 2” filmi uchun respublika bo‘ylab kastinglarga start berildi

read

Shu kunlarda ko‘plarning e’tiborini tortib, katta qiziqishga sabab bo‘layotgan mazkur kastingda ishtirok etish uchun respublika bo‘ylab minglab qobiliyatli kishilar ro‘yxatdan o‘tgan.

Avvalroq, ishchi nomi “Maftuningman – 2” filmini suratga olish ishlari boshlanish arafasida ekani, xalq orasidan iqtidorli kishilarni tanlab olish uchun kasting e’lon qilinayotgani haqida xabar bergan edik. Shu kunlarda ko‘plarning e’tiborini tortib, katta qiziqishga sabab bo‘layotgan mazkur kastingda ishtirok etish uchun respublika bo‘ylab minglab qobiliyatli kishilar ro‘yxatdan o‘tgan.

Birgina Toshkent shahrida 7-15 iyun kunlari ishchi nomi “Maftuningman – 2” kinofilmi uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, San’at va madaniyat instituti hamda sohaga doir boshqa o‘quv muassasalari talaba-o‘quvchi va o‘qituvchilari, shuningdek, havaskor fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilgan aktyorlar tanlov  (kasting)da 313 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Loyiha ijodiy jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun aktyorlar tanlovi (kasting) qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi.

1.  11, 12 iyul kunlari Qoraqalpoq musiqali drama teatrida.

2.  11, 12 iyul kunlari Xorazm viloyati musiqali drama teatrida.

3.  13, 14 iyul kunlari Buxoro viloyati musiqali drama teatrida.

4.  13, 14 iyul kunlari Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida.

5.  15,16 iyul kunlari Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida.

6.       15, 16 iyul kunlari Qarshi musiqali drama teatrida.
7.  17, 18 iyul kunlari Samarqand viloyat musiqali drama teatrida.

8.  17, 18 iyul kunlari Jizzax viloyat musiqali drama teatrida.

9.  20, 21, 22 iyul kunlari Andijon viloyat musiqali drama teatrida.

10.  20, 21, 22 iyul kunlari Namangan viloyat musiqali drama teatrida.

11.  23, 24, 25 iyul kunlari Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida.

12.  23, 24, 25 iyul kunlari Qo‘qon musiqali drama teatrida.

13.  28 iyul kuni Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida.

14.  2 avgustdan 15 avgustgacha Toshkent shahrida “Dono Productions” kompaniyasi studiyasida bo‘lib o‘tadi. (Manzil: Beshyog‘och dahasi, Olmazor ko‘chasi, 171-uy, mo‘ljal “Iste’dod” jamg‘armasi orqa tarafi).

Kasting ko‘rsatib o‘tilgan kunlari 08.00dan boshlanadi.

Batafsil ma’lumotlar uchun Dono.uz sayti va (+ 99895) 404-66-11,           (+ 998 95) 198-59-55 ga murojaat qilishingiz mumkin.

Imkonitingizni qo‘ldan boy bermang, iqtidoringizni ko‘rsating!