«Karib dengizi qaroqchilari -5» filmi haqida

Qaroqchilar mavzusi kino olamida o`zgacha janr hisoblanadi. Umuman olganda, o`rta asrlardagi dengiz hayotini ochib beruvchi va mashhur qaroqchilarga oid bo`lgan filmlar tomoshabinlar uchun juda manzur bo`lishadi. Bu janrdagi filmlarning eng sarasi esa albatta«Karib dengizi qaroqchilari» dir. «Walt Disney Pictures» kompaniyasi tomonidan suratga olingan ushbu film butun dunyo bo`ylab nafaqat olamshumul mashhurlikka erishdi, balki muxlislar ongida qaroqchilar hayotini va imidjini butunlay o`zgartirdi. 2017 – yilning may oyi esa ushbu filmning muxlislari uchun ajoyib yangilik tayyorlab qo`ygan. «Karib dengizi qaroqchilari -5» filmining premyerasi aynan may oyining 25 – sanasiga mo`ljallangan bo`lib, kino muxlislari uchun bir qancha yangi obrazlarni o`zida ifoda etgan.

Ushbu film nima haqida ekanligiga qiziqayotgan bo`lsangiz ajab emas. Chunki kapitan Jek o`z muxlislarini hech qachon zeriktirib qo`ymaydi. Filming 5 – qismida qaroqchilar hukmroniga aylangan kapitan Jek o`zining eng yovuz dushmani, kapitan Salazar bilan o`z hayoti va boshqa qaroqchilarning taqdiri uchun kurashishga majbur bo`ladi. Kapitan Salazarning arvohlar qo`shinini yengishning yagona yo`li –  dengizlar tubiga yashirib qo`yilgan Poseydonning uch tig`li nayzasini topishdir. Ushbu filmdagi voqeyliklarning jadal rivojlanishi tomoshabinlarni bir necha soatlarga ekran oldidan uzoqlashmasliklariga sabab bo`lishi aniq. Premyeragacha oz qoldi, kutamiz.

 

 

Bizning telegramdagi kanalimizga qo`shiling : @Dono_Productions