Marlon Brando nima uchun “Oskar”mukofotini olishdan bosh tortgan?

1973 – yilda “Oskar” mukofoti “Cho`qintirgan ota” filmida Vito Karleone rolini ajoyib tarzda ijro etgan mashhur aktyor Marlon Brandoga berilishi kerak edi. Lekin aktyor taqdirlash marosimiga tashrif buyurmadi va eng yahshi erkak roliga atalgan mukofotdan bosh tortdi. Buning sababi nimada bo`lishi mumkin?

Liv Ulman va Rodjer Murlar sahnada eng yahshi erkak roli ijrochisining ismi yozilgan konvertni ochishdi va Marlon Brandoni sahnaga chorlashdi. Biroq, Marlon Brando o`rniga sahnaga tim qora sochli, hindular milliy kiyimidagi Sashin ismli ayol chiqdi va Marlon Brando amerika kino industriyasining amerika hindulariga bo`lgan yomon munosabati tufayli  ushbu kechaga tashrif buyura olmaganligini,hamda, bu yuksak mukofotni qabul qilishdan bosh tortganligini e`lon qildi. 1970 – yillarda amerika hindulari haqidagi filmlarda bosh rollarni faqat oq tanli aktyorlar ijro etishardi va hindularni mensishmasdi. Aynan shuning uchun Marlon Brando “Oskar” dan bosh torgan edi.

Ushbu holat 85 million aholining oddiy odamlarga bo`lgan e`tiborini kuchaytirdi. Shu kungacha, Marlon Brandodan tashqari hali hech kim “Oskar” mukofotini qabul qilishdan bosh tortmagan.

Ma`lumot https://interesnoznat.com/interesno/istoriya-o-tom-pochemu-marlon-brando-otkazalsya-ot-oskara.html saytidan olindi