Aktyor bo’lishni xohlaysizmi? San’at oliygohi talabasi bo’lishni-chi?

Aktyor bo’lishni xohlaysizmi? San’at oliygohi talabasi bo’lishni-chi? Unda Sizni “Dono education” o’quv markaziga taklif qilamiz!

“Donoeducation” nodavlat ta’lim markazi noyabr oyidan 2 guruhda 4 ta yo‘nalish:

  • vokal,
  • sahna nutqi,
  • sahna jangi va plastikasi,
  • aktyorlik mahorati bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boradi.

1-   Guruh tayyorlov kursi bo‘lib, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abiturientlar 8 oy davomida oyiga 800 000 so‘mdan to‘lab ta’lim oladilar. O‘quv kursining 2, 5 va 8 oylarida imtihonlar o‘tkaziladi, Barcha mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etib, ta’lim markazi tomonidan sertifikatga ega bo‘lgan abiturient yil yakunida san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirib, imtixondan o‘ta olmasa, 8 oy davomida to‘lagan jami 6 400 000 so‘mning teng yarmi, 3 200 000 so‘m qaytarib beriladi.

2-  Guruh havaskor aktyor va aktrisa bo‘lish orzusidagi yoshlar uchun tashkil etilib, 4 oy davomida oyiga 400 000 so‘mdan to‘lab tahsil olinadi.O‘quv kursining 2, 4 oylarida imtihonlar o‘tkaziladi. 3 oy nazariy bilimlar, to‘rtinchi oy amaliyotni tashkil qiladi.

Har ikkala guruh mashg‘ulotlari san’at va madaniyat instituti pedagoglari tomonidan qat’iy dars rejasiga asosan haftasiga 3 kun, 2 soatdan olib boriladi. Har oy ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari tashkillashtiriladi. O‘quvchilarimiz ta’lim davomida qisqa metrajli filьmlar, reklama roliklarida suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

8 yoki 4 oylik kurs uchun to‘lovni birdaniga amalga oshirgan o‘quvchilarga chegirma beriladi, ya’ni ular o‘quv kursining so‘nggi oyini bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kurs yakunida sertifikat beriladi.

O‘quv markazi yotoqxona bilan ta’minlamaydi.

Xujjatlar va kurs uchun to‘lov oktyabrь oyining 25 sanasiga qadar qabul qilinadi.

Manzil: Chilonzor tumani, Olmazor ko‘chasi, 171 uy, Orientir: «Iste’dod» Prezident jamg‘armasi, «Next» savdo majmuasi. Tel.: 99890 918-51-57, 0(371)245-84-10.